“Talabalar kengashi” sardorlarini saylash yuzasidan uchrashuv o’tkazildi.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Talabalar turar joyida “Talabalar kengashi” sardorlarini saylash yuzasida uchrashuv tashkil etildi.

 

Ma’lumki, Talabalar kengashi tolib va tolibalar tomonidan saylanadigan, yoshlarning o‘zini o‘zi boshqarishiga qaratilgan talabalar uyushmasi hisoblanadi. Talabalar kengashi a’zolari “Talabalar turar joyi” da yashaydigan, yaxshi va a’lo baholarga o‘qiydigan, jamoat ishlarida faol ishtirok etuvchi, talabalar hayotini har tomonlama yaxshi biladigan hamda bu sohada mustaqil fikr yurita oladigan, talabalar manfaatini himoya qilish salohiyatiga ega bo‘lgan faollar safidan saylanadi.

 

Ushbu saylov uchrashuvida institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Ozoda Hakimova, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari Ilhom Ibodov, Nigora Sodiqova, Salim Madartov hamda institut tyutorlari ishtirok etishdi.

 

Talabalar tomonidan ochiq ovoz berish yo‘li orqali eng ko‘p ovoz to‘plagan yoshlar quyidagi vazifalarga saylanishdi:

Talabalar kengashi raisi vazifasiga – “Mahobatli rangtasvir” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Murodov Aslbek G‘ulom o‘g‘li saylandi.

Talabalar turar joyining 2 qavat sardori vazifasiga – “Mahobatli rangtasvir” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Elmo‘minov Shuhrat Shavkat o‘g‘li saylandi.

Talabalar turar joyining 3 qavat sardori vazifalariga – “Mahobatli rangtasvir” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Zaripova Dilnura Abdulla qizi hamda “Kasbiy ta’lim: dastgohli” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Eshmurodova Jamola Farhod qizi saylandi.

Talabalar turar joyining 4 qavat sardori vazifalariga – “Me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Fayziyeva Gulida Farhod qizi hamda “Amaliy san’at asarlarini ta’mirlash” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Allayorova Maxliyo Sulaymonovna saylandi.

 

Talabalar kengashi o‘z faoliyati mobaynida – talabalar turar joyida talabalarning yashashi, o‘qishi, madaniy dam olishi, bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil etilishi, darsdan bo‘sh vaqtlarda ishlab, o‘z iqtisodiy sharoitini yaxshilashni istovchi talabalar uchun imkoniyatlar yaratish va yana bir qator tashkiliy-ijtimoiy vazifalarni o‘z ichiga oladi.

MRDI Matbuot xizmati