“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Amaliy san’at va dizayn fakultetining Anjumanlar zalida “Jaholatga qarshi ma’rifat”  mavzusida  davra suhbati tashkil etildi. Tadbirni fakultet dekani Yulduz Narziyeva ochib berdi.

 

Tadbirda so‘zga chiqqan institutning Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha rektor maslahatchisi Qosimjon Mamajonov bugungi kunda yoshlarni o‘z domiga tortishga harakat qilayotgan turli oqimlar juda ko‘p ekanligi, bunday yo‘llarga kirib qolishdan ehtiyot bo‘lish zarurligini,  shubhali holatlarga duch kelinganda institut rahbariyati yoki tyutorlarni ogohlantirish kerakligi, ayniqsa, kursdoshlar bir-biriga doimo e’tiborli bo‘lib, ko‘ngilsiz holatlar ro‘y bermasligi uchun hamma birdek mas’ul bo‘lish kerakligini alohida ta’kidladi.

 

Mazkur tadbirga Yakkasaroy tumani IIB yoshlar masalalari bo‘yicha mas’ul xodimlar – mayor Dilshod Mirzaxonov, kapitan Jamshid Hotamqulovlar mehmon sifatida taklif etilib, mavzu yuzasidan talaba-yoshlarga ayni kunning dolzarb masalalari yuzasidan ma’lumotlar berishdi.

 

Shuningdek, tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Botir Sangirov Vatanga sadoqat, ota-onaga muhabbat kabi tuyg‘ularning inson hayotidagi o‘rni, ona yurtimizning bir qarich yeri ham biz uchun aziz va qimmatli ekanligini gapirib, Respublikamiz Prezidentining bu borada olib borayotgan say harakatlari  haqida alohida  to‘xtaldi.

 

Tadbir yakunida diniy ekstremizm va terrorizmning fojiali oqibatlari tasvirlangan hujjatli film namoyish etildi.

 MRDI matbuot  xizmati