REKTOR TABRIGI!

Assalomu alaykum,

qadrli professor-o‘qituvchilar!

Aziz talaba-yoshlar!

 

Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi va tarixidir. Ma’lumki, bundan o‘ttiz uch yil muqaddam o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan edi. O‘tgan davr mobaynida tilimiz milliy birligimiz va o‘zligimiz ramziga aylandi. Davlat tili sifatidagi nufuzi va obro‘si yanada oshib, jamiyatimizning birlashtiruvchi kuchiga aylandi. So‘nggi yillardagi til islohoti natijasida ona tilimizning jozibasi oshdi. Har bir xalqning ona tilisi uning bebaho boyligi va milliy iftixori sanaladi.

 

O‘zbek tili bayrami kuni bilan samarali mehnat faoliyatini olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, talabalar va ishchi-xodimlarni samimiy muborakbod etaman!

 

Tilimiz rivoji yo‘lida tinmay mehnat qilayotgan xalqimizning fidoyi farzandlarini kelgusidagi faoliyatida ulkan zafarlar tilayman!

 

Hurmat bilan

Abbosjon MIRZORAHIMOV

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori