Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy obektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash mutaxassisligi 1-bosqich magistranti Maxliyoxon Umurzoqova O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari safidan o‘rin oldi. A’zolik guvohnomasini O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid topshirdi.
Shu kunga qadar O‘zbekision Yozuvchilar uyushmasi tomonidan Maxliyoxon Umurzoqovaning “Tuyg‘ular alangasi” nomli kitobi nashrdan chiqarilgan.
“Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi”, “Prezident davlat stipendiyasi” sovrindori bo‘lgan. Adabiy-badiiy ijod namunalari Turkiya, Hindiston, Nepal, Bangladesh va Arab davlatlarida ingliz, hind va arab tillarida chop qilingan.
Institut rahbariyati mazkur e’tirof va erishilgan natija bilan Maxliyo Umurzoqovani samimiy muborakbod etgan holda kelgusidagi faoliyatida ulkan muvafaqqiyatlar tilaydi!