Maktabda “Yangi yil ertagi” nomli bayramona tadbir tashkil etildi.
Ma’lumki, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik dizayn institutida Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar bilan hamkorlikda bir qancha tadbirlar tashkil etib kelinmoqda. Jumladan, bugun Tasviriy san’at fakulteti Tyutori Salomat Isaqulova hamda uning jamoasi, iqtidorli talabalar – Aziza Xodjatayeva, Ulug‘bek Istamtoshev, Hasan Azimjonov, Anora Mehmonova, Visolaxon Tolipxonova, Mirodilxon Muxitov, Dilnoza Ibragimova, Sarvinoz Karimova, Munisaxon Akbarova, Diyoraxon Boltaqo‘ziyeva, Umriaziz Abdullayev, Ibrohim Nuriddinov hamda Asliddinxo‘ja Hotamovlar tomonidan Yakkasaroy tumanida joylashgan 25-sonli Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabda bolajonlar uchun “Yangi yil ertagi” nomli bayramona tadbir tashkil etildi.
Tadbir avvalida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Mehnat shuhrati va Doʻstlik ordenlari sohibi Turg‘un Beknazarov hamda talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchaga xush kayfiyat ulashdi. Tadbirning badiiy qismida esa qor bobo va qor qizning chiqishlari, shuningdek, ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, tashkil etilgan mahorat darslari bolajonlar uchun haqiqiy yangi yil kayfiyatini ulashdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Maktab ma’muriyati tadbir tashkilotchilariga uchun o‘z minnatdorchiligini bildirar ekan, bolalarning quvonchiga sabab bo‘lish oliy baxt ekanligini, ayniqsa, imkoniyati cheklangan bolalarning quvonchga sazovor bo‘lish oliy saodat ekanini, bugun bolalar uchun unutilmas kunga aylanganini aytib, bunday xayrli tadbirlar bardavom bo‘lishini tilashdi.