O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-son qarori ijrosi yuzasidan bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Respublika ixtisoslashtirilgan Dizayn maktabida seminar-trening tashkil etishdi. Kafedrasi professor-o‘qituvchilari Gulnora Azizova, Sevara Jumayeva va Nargiza Rajabovalar mazkur maktabda ingliz tili fanidan 11-sinf “Mahobatli rangtasvir”, “Kulolchilik”, “Reklama va amaliy grafika” yo‘nalishi o‘quvchilariga “Advantages of using role-play in English lessons”, “How to motivate students”, “Use of advanced words” mavzularida seminar-trening olib bordilar.
Seminar-trening jarayonida o‘quvchilar o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan mavzularga katta qiziqish bildirib, o‘z fikr-mulohazalari bilan faol ishtirok etdilar. “My positive self-talk” nomli vazifa o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. Respublika ixtisoslashtirilgan Dizayn maktabi rahabariyati professor-o‘qituvchilarga hamkorlik uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib, bunday hamkorlikka doim tayyor ekanliklarini ta’kidlab o‘tdilar.