Joriy yilning 8-12- fevral kunlari Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy san’at fakulteti dekani Shixnazar Jumaniyazov va fakultet o‘qituvchilari – Jasvant Annazarov, Furqat Bozorov, Umar Rajabov, Farrux Mavlonov va Ziyodullar Farmonovlar birgalikda “Gamma” rassomlik anjomlari ishlab chiqaruvchi korxonasi bilan tuzilgan memorandum asosida Rossiya davlatida ijodiy safarda bo‘lib qaytishdi.
Tashrifning ilk kunida ijodkor-pedagoglar “Gamma” korxonasining qisqacha shakillanish tarixi va bugungi kundagi mahsulotlarning ishlab chiqarish ko‘lami bilan tanishdi. Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tayyorlanish jarayonlari va ularga islatilayotgan xom ashyolar bilan bevosita tanishdi. Bu jarajon ular uchun shubhasiz, eng qiziq va muhim jihatlardan biri bo‘ldi.
Tashrifning navbatdagi kunlari ham korxonada o‘tdi. Yana bir qiziqarli bo‘lgan holat professor-o‘qituvchilar ishtirokida korxonaninig tur xil nom ostida ishlab chiqariladigan mahsulotlari, xususan, suv bo‘yoqlari, guash, rangli qalamlar va yog‘li qalamlar sinovdan o‘tkazilib, baho berildi. Korxona mutaxasislari bilan davra suhbati tashkil etildi, fikr-mulohazalar tinglandi va suhbat so‘ngida professor o‘qituvchilarimiz tomonidan korxonada ishlab chiqarayotgan mahsulotlar borasida qo‘shimcha takliflar berildi. Tashrif yakunida o‘qituvchilarimizga istiroki uchun estalik sovg‘alar hamda diplomlar taqdim etildi. Shuningdek, institut professor-o‘qituvchilari ham korxona rahbariyatiga institut rektori Abbosjon Mirzorahimov nomidan minnatdorlik bildirgan holda esdalik sovg‘alarini taqdim etishdi.
Safarning so‘ngi kuni dunyoga mashhur tasviriy sanat vakillari, jumladan I.Y.Repin, I. I. Shishkin, A.A. Ivanov, I. K. Ayvazovskiy kabi ijodkor rassomlarning eng sara asarlari jamlangan Tretyekovskiy galereyasiga tashrif uyushtirildi. Galereyadagi ajoyib ekspozitsiya va nodir tasviriy sanat asarlari har bir tomoshabinni, shubhasiz, hayratga soladi. Ayniqsa, rassom ijodkorlar uchun bunday sanat darg‘alari ijodidan bahramand bo‘lish judayam foydali va kelgusida tajriba va mahorat maktabi bo‘lib xizmat qiladi.
Qisqa va mazmunli sayohat uchun “Gamma” korxonasi asoschisi, direktori Boris Markovich Kasga va korxona xodimlariga institutimiz rahbariyati o’z minnatdorligini bildiradi va kelajakda bu hamkorlik bardavom bo‘lishini tilaydi.