✨ BOBUR IJODIY MEROSINING BASHARIYAT MA’NAVIY-MA’RIFIY TARAQQIYOTIDAGI O’RNI

Kuni kecha Binkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn  instituti “Ijtimoiy fanlar, pedagogika va kasbiy taʼlim” kafedrasi professor- oʻqituvchilari va talabalari bilan hamkorlikda buyuk mutafakkir, shoir  Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligiga bagʻishlab “Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiy merosining bashariyat maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotidagi oʻrni” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir hamda  yosh ijodkorlarning  tasviriy sanʼat asarlari koʻrgazmasi tashkil etildi.

Tadbirni tayyorlash va oʻtkazishda faol ishtirok etgan 15 nafar talabalarga diplom, Faxriy yorliq, Tashakkurnoma hamda “Ijtimoiy fanlar, pedagogika va kasbiy taʼlim”  kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan chop etilgan 20 dan ziyod kitoblar va esdalik sovgʻalari topshirildi.