XALQARO HAMKORLIK

Bugun, 1-mart kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Madaniy meros obyektlari va san’at ashyolarini restavratsiya qilish ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan taklif etilgan madaniy sanoat va meros bo‘yicha xalqaro texnik mutaxassis Patrisiya Verge-Libayni (Fransiya) Amaliy san’at fakultetiga tashrif buyurdi. 

 

Patrisiya Verge-Libayni institutning me’moriy yodgorliklarni restavratsiya qilish yo‘nalishi bo‘yicha ma’lumotlar bilan qiziqib, badiiy kulolchilik, amaliy san’at asarlarini ta’mirlash hamda me’moriy yodgorliklar bezagini ta’minlash yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarning ishlari bilan tanishdi. Mehmon mazkur yo‘nalish bo‘yicha bir qator takliflarni bildirib, kelajakda institut bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istagini bildirdi.