Quvonarli tomoni shundaki bunday ma’naviy tadbirlar yildan yilga ommalashib bormoqda. 18-may kuni barcha muzeylarda «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkaziladi hamda bir qancha ijodkorlar tomonidan yangi ko‘rgazmalar namoyish etiladi. Aynan shu kuni barcha muzeylar tashrif buyuruvchilar uchun bepul xizmat ko‘rsatadi.
Shu munosabat bilan bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining Tasviriy san’at fakulteti tyutorlari Zarina Mahmatqulova va Salomat Isakulovalar boshchiligida bir guruh talabalar tomonidan O’zbekiston tarixi davlat muzeyida sayohatchilar va tashrif buyuruvchilar ushun rasm chizish hamda xattotlik san’atidan mahorat saboqlari o‘tkazildi.