Bugun – 27-iyul kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur, institut rektori Abbosjon Mirzorahimov, Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha rektor maslahatchisi Qosimjon Mamajonovlar ijodiy imtihon jarayonlarini bevosita kuzatib borishmoqda.
Ayni damda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida:
1. Professional ta’lim: rangtasvir (dastgohli);
2. Rangtasvir: mahobatli rangtasvir;
3. Rangtasvir: dastgohli;
4. Haykaltaroshlik: mahobatli;
5. Haykaltarosholik: mayda plastika;
6. Rangtasvir: teatr-bezak rantasviri;
7. Rangtasvir: filmning tasviriy yechimi;
8. Rangtasvir: multfilm va kompyuter multiplikatsiyasi ta’lim yo‘nalishlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilmoqda.