IMTIHON JARAYONLARI — 3-KUN!

Bugun – 29-iyul kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning 3-kuni o‘z yakuniga yetdi. Imtihon davomida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur, institut rektori Abbosjon Mirzorahimov, Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha rektor maslahatchisi Qosimjon Mamajonov, Qabul komissiyasi mas’ul kotibi Elyor Mullajanovlar ijodiy imtihon jarayonlarini bevosita kuzatib borishdi.