Ko‘rgazmada ijodkorning 50 ga yaqin rangtasvir asarlari o‘rin olgan bo‘lib, milliy o‘zbekona xonadonlar, eski shahar ko‘chalari hamda yomg‘irli Piterburg shahrining bir qancha manzaralari tomoshabinlar e’tiboriga havola etilgan.✨Ko‘rgazmaning ijodiy konsеpsiyasi shundan iboratki, asarlar bir kompozitsion yechimda – manzaralar ko‘rinishida aks etadi. Rassom ijodida rang va kompozitsiyaning aniq va o‘zgarmasligi, bir uslubga sodiqligi, asarlarni yaxlitligi — rassom qalbining mohiyatini aks ettiradi.✍🏻MRDI Matbuot xizmatiFacebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100008788397942)| Telegram (https://t.me/mrdi24yangiliklar) | Web-sayt (https://mrdi.uz/language/uz/)