O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy ko‘rgazmalar direksiyasida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Teatr bezagi rangtasviri” kafedrasi dotsenti, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Rahimjon Rizamuhamedovning “Tarixingdir ming asrlar” nomi ostidagi shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi.
Ko‘rgazma avvalida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi Ibrohim Valiho‘jayev, institut prorektori Botir Sangirov hamda akademik xalq rassomlari, ijodkorning do‘stlari so‘zga chiqib navbatdagi ijod namoyishi munosabati bilan ustozni samimiy qutlashdi.
✍🏻MRDI Matbuot xizmati