O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli topshirig‘iga ko‘ra, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Talabalar turar joyida istiqomat qilib kelayotgan talaba-yoshlar o‘rtasida “Kitobxon talaba” tanlovining saralash bosqichi o‘tkazildi.
“O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi mudiri Gulnora Azizova boshchiligida kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazilgan mazkur tanlovda bir qancha kitobsevar va bilimdon yoshlar ishtirok etishdi.
✔️Yuqori natijalarni qayd etgan talabalar badiiy adabiyotlar bilan taqdirlanishdi hamda tanlovning keyingi bosqichlarida ishtirok etishlari uchun tavsiya etildi.
✍🏻MRDI Matbuot xizmati