Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti 4-bosqich talabasi Nilufar Toʻychiyeva “Butun jahon ilm-fan yangiliklari” nomli ilmiy maqolalar tanlovida oʻz maqolasi bilan ishtirok etib 3-oʻrinni egalladi.
Shuningdek, “Scientific publication” ilmiy matbuot markazi tomonidan oʻtkazilgan “MDH yetakchilari” xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovida “Eng yaxshi maqola” yoʻnalishida gʻoliblikni qoʻlga kiritib koʻkrak nishoni, guvohnoma hamda estalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
✨Ushbu yutuqlar bilan talabamizni muborakbod etamiz!
📨 Institut matbuot xizmati