Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i
X. Maxmudov tomonidan so‘zga chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-147-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ijod maktablari faoliyatini rivojlantirish, yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning iste’dodini yuzaga chiqarish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Shuningdek, mazkur qaror asosida har yili iqtidorli yoshlar o‘rtasida ko‘rik-tanlovlar va fan olimpiadalarini tashkil etish belgilanganligi, shu munosabat bilan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Tasviriy san’at” yo‘nalishida ko‘rgazma va tanlov o‘tkazilganligi ma’lum qilindi.
A. Nasirdinov so‘zga chiqib, tanlov davomida ishtirokchilarning ijodiy ishlari hakamlar hay’ati tomonidan adolatli va shaffof tarzda baholanganligini, asarlarning badiiy saviyasi, rangtasvir texnikasi, kompozitsiya yechimi hamda muallifning individual uslubi asosiy mezon sifatida inobatga olinganligini ta’kidladi.
S. Xolto‘rayev o‘z fikrida bunday tanlovlar yoshlar o‘rtasida ijodiy faollikni oshirish, ularni san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish hamda iqtidorli yoshlarni aniqlashda muhim o‘rin tutishini bildirib o‘tdi.
Hakamlar hay’ati tomonidan tanlov natijalariga ko‘ra g‘oliblar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha aniqlandi:
“Eng yaxshi tasviriy asar” nominatsiyasi Xolmurodova Dilbaroy
“Eng ijodkor ishtirokchi” nominatsiyasi Yusufaliyeva Marg‘uba
“Eng original g‘oya muallifi” nominatsiyasi Xodjayeva Zakiya





