2019 yilning 14 aprel sanasida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining Tasviriy san’at va Amaliy san’at fakultetlari iqtidorli va tashabbuskor talabalari Internatsional xaus-Tashkent akademik litseyida o‘tkazilgan “Navro‘z” umuhalq bayrami dasturida o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etishdi. Bayram dasturida o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi, ochiqqo‘lligi va yoshlarga benihoyat e’tiborini sezilarli darajada aks ettirildi. Tashkil etilgan bayramda Toshkent, Xorazm, Buxoro, Namangan kabi viloyatlarning qadriyatlarini aks ettiruvchi ko‘rgazmali qirollar, milliy urf-odat va taomlar, atlasu-adraslardan tortib, sopol o‘yinchoqlargacha tashrif buyurgan mehmonlarga hadya etildi.
Tadbirga kelgan Moskva Davlat halqaro aloqalar instituti xodimlari bilan dildan suhbatlashib, talabalarning ijodiy ishlari bilan tanishtirildi. Xorijiy mehmonlar Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga tashrif buyurishlarini ma’lum qilishdi.
Bayram dasturi bo‘yicha 2 kurs Dastgohli rangtasvir yo‘nalishi talabasi Nigina Abdurazoqova “Yurtimizning go‘zalligini butun elu-yurtga san’at orqali tez tanitadigan boshqa soha bo‘lmasa kerak. Milliyligimiz ruhi singdirilgan barcha ijodiy asarlar hech kimning e’tiboridan chetda qolmaydi.. O‘ylaymanki, biz olib borgan san’at asarlari bayramning ko‘rkiga aylandi va bizning institutimizga qiziqishlari yanada ortdi. Shu kabi bayramlarning tashkil ettirilishi butun yoshlarni birlashtiradi va do‘stona a’loqalarni kuchaytiradi”,- deya o‘z ta’surotlarini bildirdi.