“Tasviriy va amaliy san’at festivali” qizg‘in davom etmoqda. Joylarda turli ko‘rgazmalar namoyishi va ilmiy konferensiyalarning bo‘lib o‘tayotganligi buning misolidir.
Toshkent Fotosuratlar uyida 2019 yil 24 aprel kuni soat 14:00 da Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomlik Dizayn instituti Libos dizayn kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Libos dizaynining yaratilishi loyihasi asosida ko‘rgazmaning ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmada Libos dizayni kafedrasining barcha 1.2.3.4.kurs talabalarining ijodiy ishlaridan iborat namunalar namoyish etildi. Unda asosan rangli eskizlar, qog‘ozdan manikenda xajmiy-fazoviy libos shakllari, turli tola tarkibli va matolardan manikenda maketlar, planshetda kollajlar, batik, instolyasiya va liboslar defilesidan tashkil topgan. Ko‘rgazmada ishtirok etayotgan mutaxassis o‘qituvchilar tomonidan master klasslar o‘tkazildi.
“Libos dizayning yaratilish jarayonida tanlangan mavzular olib boriladigan tikish ishlari, konstruksiyasi va g‘oyasiga to‘la qonli javob beradi” – deydi Libos dizayni kafedra mudiri A.Rashidov.