19 iyul kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Libos dizayni” kafedrasi o’qituvchisi Z.Sh. Yunusaliyeva tomonidan Prezidentimizning beshta tashabbus bo’yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq Chilonzor tumani, “Sharq tongi ”MFY huzurida yozgi ta’til vaqtida mahalla bolalari ishtirokida “rassom-dizayner va dekoratorlik ” bo’yicha to’garak tashkil etilgan edi. Ushbu navbatdagi to’garakda mahallada yashovchi 3 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan barcha bolalar ishtirok etishdi. Bolalar to’garakda tabiatda uchraydigan materiallardan xar xil applikatsiyalar yasashdi. Bajargan ishlaridan juda mamnun bo’lishdi!