Ilmiy Kengash

KAMOLIDDIN BEHZOD NOMIDAGI MILLIY RASSOMLIK VA DIZAYN INSTITUTI HUZURIDAGI ILMIY KENGASH HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti huzuridagi PhD.38/09.07.2020.San.119.01 raqamli ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengash va uning tarkibidagi ilmiy seminar a’zolari rotatsiya tartibida tasdiqlangan. Ushbu kengash O‘zbekiston Respublikasi OAK tomonidan belgilangan nizom va me’yoriy hujjatlar asosida faoliyat yuritadi.

Mazkur kengash san’atshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bo‘lib, quyidagi ilmiy mutaxassisliklarni o‘z ichiga oladi:

  • 17.00.04 – Tasviriy va amaliy bezak san’ati
  • 17.00.05 – Dizayn nazariyasi va tarixi
  • 17.00.06–Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy obyektlarning konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash
  • 17.00.08 – San’at nazariyasi va tarixi

Ilmiy kengash san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar himoyasini tashkil etish, ularni ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, malakali mutaxassislar ishtirokida ilmiy seminarlar va ilmiy muhokamalar o‘tkazish vakolatiga ega.

Kengash faoliyati institutda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining sifatini oshirish, dolzarb mavzularda ilmiy izlanishlar olib borayotgan izlanuvchilarning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yosh olimlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish va ularni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, kengash ilmiy muhitni rivojlantirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish, san’at va dizayn yo‘nalishlarida ilg‘or ilmiy tajribalarni o‘rganish hamda ularni milliy san’atshunoslik maktabi rivojiga integratsiyalashishida muhim o‘rin tutadi.