Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institut kafedralarida faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyati
Institutda 1997-yildan buyon mamlakatimiz va jahon tasviriy va amaliy, dizayn sanʼati namoyondalari orasida oʻz oʻrniga ega boʻlgan ustoz-musavvirlar, malakali sanʼatshunoslar saboq berishmoqda. Ularning aksariyati davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. Jumladan, 9 nafar “Oʻzbekiston Xalq rassomi”, 11 nafar Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasining haqiqiy aʼzolari, 1 nafar “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni, 4 nafar “Mehnat shuhrati” ordeni, 2 nafar Oʻzbekiston Respublikasi “Doʻstlik” ordeni, 1 nafar Oʻzbekiston Respublikasi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni, 2 nafar Oʻzbekiston Respublikasi “Shuhrat” medali sohibi, 1 nafar “Mehnat faxriysi” medali, 2 nafar “Davlat mukofoti sovrindori”, 6 nafar “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi”, 6 nafar “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi”, 1 nafar “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi” faxriy unvoni, 1 nafar “Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi” unvoni, 1 nafar “El-yurt hurmati” unvoni, 1 nafar “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi” faxriy unvoni, 1 nafar Oʻzbekiston Respublikasi “Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni sohibi, 1 nafar A.Avloniy nomidagi davlat mukofoti, “Mustaqillik” medali, 2 nafar “A.Qodiriy nomidagi davlat mukofoti”, 3 nafar “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” unvonlari bilan taqdirlangan ustozlar faoliyat koʻrsatmoqda. 1 nafar “Xalq maorifi aʼlochisi”, 1 nafar “A.Navoiy nomidagi Davlat mukofoti” sovrindorlari, 1 nafar “Kelajak bunyodkori” medali sohibi, 1 nafar “Madaniyat va sanʼat fidokori” koʻkrak nishoni, 6 nafar “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni sohiblari faoliyat yuritishmoqda.
Institutda asosiy shtatda professor-oʻqituvchilar 248 nafar boʻlib, ular orasida 13 nafar Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi akademigi, professor, 4 nafar fan doktori, 22 nafar fan nomzodi, 26 nafar dotsentlar va unga tenglashtirilgan davlat mukofoti sovrindorlari faoliyat koʻrsatmoqda.
Asosiy shtatda faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyati 26.6%, oʻrindosh asosida faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyati 27.9% ni tashkil etadi.