MAGISTRATURA BO'LIMI

 

 

Bo’lim boshlig’i: 

Umarxodjaeva Ma’mura Karimbaevna

 

Telefon raqami: 97 740-16-06

Tamomlagan: 2005-yilda Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent davlat san’at instituti (kunduzgi)

 

BO'LIM HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 23-yanvardagi “O‘zbekiston Badiiy Akademiyasini tashkil etish haqidagi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 131-sonli Qaroriga asosan Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent davlat san’at institutining (hozirgi O‘zbekiston san’at va madaniyat instituti) Rassomlik fakulteti negizida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tashkil topdi. Institutga Sharq miniatyura maktabiga asos solgan buyuk musavvir Kamoliddin Behzod nomi berildi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-iyuldagi 342-sonli qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1999-yil 13-maydagi “Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlashga ruxsat berish haqida”gi 136-sonli buyrug‘iga asosan 1999-yildan magistratura bosqichida mutaxassis kadrlar qabul qilinishi yo‘lga qo‘yilib, shu kunga qadar institut magistraturasini tamomlagan mutaxassisliklar turli sohalarda faoliyat yuritib kelmoqdalar.

MAGISTRATURA FAOLIYATINI TARTIBGA SOLUVCHI MEYORIY-HUQUQIY HUJJATLAR

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 10-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 190-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 343-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan “Magistratura to‘g‘risida”gi Nizom, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 26-noyabrda 2734-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi P-2909-sonli qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib malakali pedagogik kadrlar tayyorlanmoqda.

MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI VA ULARDA O‘QUV-USLUBIY ISHLARNI TASHKIL ETILISHI

Magistratura bo‘limida ta’lim-tarbiya, o‘quv va ilmiy ishlarni tashkil qilishga asosiy e’tibor qaratilgan bo‘lib ushbu ishlar yuqori saviyada amalga oshirilmoqda. Buning natijasida, Magistratura bo‘limida mutaxassisliklar bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanmoqda. O‘quv  jarayoni davlat ta’lim standarti va malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari asosida tashkil qilingan. 

O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi akademiklari, O‘zbekiston Xalq rassomlari, san’atshunoslik fanlari doktorlari, professor-dotsent kabi malakali pedagog kadrlar magistratura mutaxassisliklari talabalariga saboq berib kelmoqdalar.

Magistraturada o‘quv jarayoni respublikamizning ko‘zga ko‘ringan nufuzli tashkilotlarining malakali mutaxassislarini jalb etgan holda turli dolzarb mavzularda o‘quv seminarlari, muammoli ma’ruzalar, “Mahorat dars” lari tashkil etilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi San’atshunoslik instituti xodimlari s.f.d. Professor D.N.Rahmatullaeva, m.f.d., professor M.A.Yusupova, S.f.d N.R.Axmedovalar, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyi direktori Dotsent J.X.Ismailovalar tomonidan mutaxassislik fanlaridan darslar o‘tilishi tashkillashtirilgan, hamda ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchilar sifatida biriktirilib, mazkur ilmiy tadqiqot instituti va muzeylarda ilmiy-tadqiqot hamda magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.

MAGISTRATURA BO‘LIMINING ILMIY-TADQIQOT JARAYONI

Magistratura bo‘limida ilmiy-tadqiqot ishlari dastur va tasdiqlangan reja asosida olib boriladi.

Magistratura bo‘limi magistrantlari tanlagan magistrlik dissertatsiyalari mavzulari ustida chuqur ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Ular ilmiy izlanishlari natijalarini amaliyotda qo‘llash va dissertatsiya himoyasi chog‘ida Yakuniy Davlat Attetsatsiyasi Komissiyasi a’zolariga  taqdim etmoqda. Bundan tashqari, Magistratura bo‘limi talabalari tomonidan ilmiy rahbarlari (ilmiy maslahatchilari) rahbarligida xalqaro va respublika miqyosidagi  turli gazeta, jurnal va ilmiy-amaliy konferensiyalarida ilmiy maqola hamda tezislari chop etilmoqda, magistrlar dissertatsiya mavzulari bo‘yicha ilmiy-amaliy konferensiyalarda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqdalar. Xususan, institutd an’anaviy tarzda magistrlar uchun har yili “SAN’AT YOSHLAR NIGOHIDA” ilmiy-amaliy konferensiya magistratura bo‘limi tomonidan tashkil etilib,   konferetsiyada turli mavzular bo‘yicha magistrlar tomonidan o‘zbek, rus, ingliz tillarida ma’ruzalar  bo‘lib o‘tadi. Magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar ilmiy tadqiqot jarayoni bilan birga ilmiy pedagogik ishi faoliyatini ham olib boradilar. Ilmiy pedagogik faoliyat davomida magistrantlar egallangan ilmiy-nazariy bilimlarni bevosita amaliy tadbiq etib, ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida bilim berish, pedagogik mahoratni egallashni, oliy ta’lim muassasida ilmiy- pedagogik faoliyat olib borishning mazmuni, tartibini o‘rganmoqdalar. Shuningdek, OO‘MTVning “Oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi  “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 343-son qarori 5.2.1 bandiga va 2015 yil 2 martdagi 36-son “Magistratura to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq joriy o‘quv yilida magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan 2-kurs magistrlarning ilmiy amaliyotini o‘tash bo‘yicha (stajirovka) Badiiy ko‘rgazmalar Direksiyasi, Madaniyat vazirligi qoshidagi madaniy meros Departamenti arxivi, O‘zbekiston Amaliy san’at va hunarmandchilik davlat muzeyi, Temur va Temuriylar tarixi Davlat muzeyi, I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat san’at muzeyi, O‘z RFA Sharqshunoslik instituti, “San’at” jurnali, Toshkent Arxitektura qurilish instituti, MCHJ <<21 ART>> ob’ektlar bilan shartnomalar imzolanib stajirovka o‘tash yo‘lga qo‘yilgan.