Azimov Farhod Erkinovich
Lavozimi:Bo’lim boshlig’i
Manzil:Toshkent sh. Mirobod tumani 123-uy
Qabul kunlari:Dushanba-Juma 14:00-17:00
Aloqa:
Pochta:
Nishanova Kamola Solijon qizi
Lavozimi:Bo’lim boshlig’i
Manzil:Toshkent sh. Mirobod tumani 123-uy
Qabul kunlari:Dushanba-Juma 14:00-17:00
Aloqa:
Pochta:
Xayrullayeva Xurshida Ibrohim qizi
Lavozimi:Bo’lim boshlig’i
Manzil:Toshkent sh. Mirobod tumani 123-uy
Qabul kunlari:Dushanba-Juma 14:00-17:00
Aloqa:
Pochta:

Mirfayziyeva Muxlisa Mirxamid qizi
Xizmat ko‘rsatish bo‘limi (Front Office) menejeri

Muminova Saida Mardonqul qizi
Xizmat ko‘rsatish bo‘limi (Front Office) menejeri

Jamilov Jasurbek Habib o‘g‘li
Ma’lumotlar bazasi bo‘limi (Back Office) menejeri
Registrator ofisi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-60-son va “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-61-son qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2024 yil 20 iyunda kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 32 – son bayoni va Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 9 iyuldagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida “Registrator ofisi”ni tashkil etish to‘g‘risida”gi 24-son qo‘shma qaroriga asosan tashkil etilgan.
Xizmat ko'rsatish bo'limi vazifalari
| QR kodli diplom shakllantirish; |
| Akademik maʼlumotnoma va transkript berish; |
| Akademik mobillik asosida boshqa oliy taʼlim tashkilotiga ketgan talabalarning hujjatlarini tegishli tartibda rasmiylashtirish; |
| Bitiruvchi talabalar uchun aylanma varaqa yaratish; |
| Diplom dublikatini olish uchun ariza yuborishga koʻmaklashish; |
| Imtihon natijalari boʻyicha apellyatsiya arizalarini qabul qilishni tashkil qilish; |
| Imtihonlar roʻyxatini shakllantirish va talabaga taqdim etish; |
| Oliy taʼlim tashkilotlari talabalariga oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash uchun ariza yuborishga koʻmaklashish; |
| Oliy taʼlim tashkilotlariga ikkinchi taʼlimga kirish uchun abituriyentlarga onlayn ariza topshirishiga koʻmaklashish; |
| Oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura bosqichiga kirish uchun abituriyentlarga onlayn ariza topshirishiga koʻmaklashish; |
| Oliy taʼlim olganlik haqidagi diplom maʼlumotlarini qoʻshish yoki tahrirlash uchun talabgorlarga ariza yuborishga koʻmaklashish; |
| Stipendiya va turli grant tanlovlarida ishtirok etish uchun ariza topshirishga yordamlashish; |
| Talaba guvohnomasini yaratish va talabaga taqdim etish; |
| Talabaga oʻzining GPA koʻrsatkichi haqida maʼlumotnoma taqdim etish; |
| Talabalar davomatini amaldagi tartibga asosan sababli va sababsiz holatga oʻtkazish; |
| Talaba uzrli sabablarga ko‘ra (kasal, yaqin qarindoshining betobligi yoki vafoti, tug‘ruq holati kabilar) oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan talabalar uchun tegishli fanlardan shaxsiy grafik yaratish; |
| Talabalar hujjatlarini qabul qilish va arxivga topshirish; |
| Talabalarga imtihon natijalarini taqdim etish; |
| Talabalarga qayta oʻqish uchun ariza berishga koʻmaklashish; |
| Talabalarga turli xil maʼlumotnoma (oʻqish joyidan, harbiy boʻlimdan v.b.)lar berish; |
| Talabalarga oʻquv varaqa taqdim etish; |
| Talabalarga fan resurslari boʻyicha maʼlumot taqdim etish; |
| talabalarni HEMIS platformasida keyingi kursga oʻtkazish; |
| Talabalarning joriy, oraliq va davomat natijalariga koʻra yakuniy nazoratlarda ishtirok etishiga ruxsat berish; |
| Talabalarning parolini tiklash; |
| Talabalarning tyutorlar tomonidan to‘g‘ri to‘ldirilgan shaxsiy hamda oʻquv maʼlumotlarini tahrirlash; |
| Talabalik guvohnomasini tayyorlash va talabalarga taqdim etish; |
| Talabani bir guruhdan ikkinchi guruhga koʻchirib oʻtkazish; |
| Tashqi xizmatlar: Ijtimoiy himoya reyestri va ayollar daftarida turuvchi talabalar yagona reestri bazasidan sinxronizatsiya qilib roʻyxat shakllantirish; |
| Oʻqishini koʻchirishga tavsiya etilgan talabalarning fanlar farqini aniqlash; |
| Oʻquv dasturlari haqida maʼlumot berish. |
| Talabalarga yotoqxonalarga joylashish uchun ariza berishga koʻmaklashish; |
| Ijara subsidiyasi uchun ariza yozishga koʻmaklashish. |
| Talabalarga oʻqish joyidan ingliz tilida maʼlumotnoma berish; |
| Turli xalqaro grantlar va akademik mobillik dasturlari boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish; |
| Oʻqishga qabul qilingan xorijlik talabalarni elektron tizimda roʻyxatga olish va fanlarga biriktirish; |
| Xorijiy oliygohlarda tahsil olishda konsultatsiya berish; |
| Xorijlik talabalar uchun viza xizmatlarini amalga oshirish; |
| Xorijlik talabalarga toʻlov-shartnomalarini taqdim etish; |
| Xorijlik talabalarni oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish xizmatlarini amalga oshirish; |
| Xorijlik talabalarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha konsultatsiya berish, ariza va talab etiladigan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun qabul qilish; |
| Qayta oʻqishga shartnoma berish; |
| Stipendiya toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish; |
| Hisob varagʻini shakllantirib berish; |
| Talabalarga toʻlov-shartnomasi olish uchun ariza berishga koʻmaklashish; |
| Talabaning yotoqxonalarga joylashish shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot berish; |
| Talabaning qayta oʻqish shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot berish; |
| Talabaning toʻlov-shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot berish; |
| Toʻlov-shartnoma summasi haqida maʼlumot berish; |
| Bitiruvchi talabalarga boʻlgʻusi ish oʻrni toʻgʻrisida kengroq axborotlar berish, mehnat yarmarkalarni oʻtkazishga koʻmaklashish. |
| Grantlar va tanlovlar haqida maʼlumot berish; |
| Ilmiy konferensiyalar haqida maʼlumot berish; |
| Innovatsion gʻoya va startaplarni roʻyxatdan oʻtkazishga koʻmaklashish; |
| Nomdor stipendiyalar haqida maʼlumot berish; |
| Ilmiy loyihalar toʻgʻrisida konsultatsiya berish; |
| Ustoz-shogird maktabiga aʼzo boʻlishga koʻmaklashish. |
| Talabalarga tibbiy sugʻurta olish uchun yordam berish; |
| Oʻqishga qabul va oʻqishni koʻchirish yuzasidan konsultatsiya berish; |
| Talabalarga ishga joylashish borasida tavsiyalar berish; |
| Talabalarga ottda mavjud turli xizmatlar va resurslar haqida maʼlumot berish. |