YOSHLAR BILAN ISHLASH, MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT BO’LIMI

 

 

BO‘LIM BOSHLIG‘I: YULDASHEV SULAYMON NIZOMADDINOVICH

 

TELEFON RAQAMI: 97 138 05 98

 

 

TAMOMLAGAN: KAMOLIDDIN BEHZOD NOMIDAGI MILLIY RASSOMLIK VA DIZAYN INSTITUTI SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI 

YOSHLAR BILAN ISHLASH, MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT BO‘LIMI TO‘G‘RISIDA

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi institutda milliy mustaqillik g‘oyalariga, xalqning boy milliy va madaniytarixiy an’analari va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan holda o‘sib kelayotgan avlodni ma’naviyahloqiy tarbiyalash tashkil etilishini amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo‘limlarda bajarilishini taminlash monitoringini olib boradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga yetkazib boradi.

Institutda manaviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar monitoringini olib boradi, ma’naviy-marifiy sohaga tegishli malumotlar bazasini yaratadi va uning yangilanib borishini taminlaydi.

Psixolog, talabalar turar joyi tarbiyachi pedagogi professoro‘qituvchilar va talabalar ijtimoiyruxiy holatini o‘rganish yuzasidan tadqiqot ishlarini tashkillashtirishda amaliy yordam ko‘rsatadi.

Institutda, talabalar turar joylarida manaviy-marifiy va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishiga boshchilik qiladi.

Institutda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish tadbirlarini, sport     musobaqalarini tashkil  etishda o‘rnatilgan tartibda ko‘maklashadi.

Fakultet dekanlarining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va jamoatchilik kengashlari, jamoat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Ma’naviyat, ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilash ishlash bo‘limi institutda o‘tkaziladigan, talabalalarni milliy istiqlol g‘oyalariga cheksiz sadoqat, ona diyorga mehr-muhabbat, ozod va obod Vatan barpo etishdek ulug‘ va olijanob maqsadga e’tiqod, jasurlik va fidoyilik ruhida tarbiyalashga mo‘ljallangan ma’naviy va ma’rbfiy tadbirlarni tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.

 

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

  O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining yoshlar siyosati, ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha qabul qilingan hujjatlari va ko‘rsatmalarini institut jamoasiga o‘z vaqtida yetkazish va vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi;

  Fakultet dekanlarining Yoshlar masalalari bo‘yicha muovinlari, tyutorlar va jamoatchilik kengashlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va bajarilishini ta’minlaydi;

  Talabalar turar joyida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini tashkil etadi;

  Kutubxona ma’naviy-ma’rifiy hayotini nazorat qiladi;

  Vasiylik Kengashi, Xotin-qizlar maslahat Kengashi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut Boshlang‘ich tashkiloti, Kasaba uyushmasi hamda Talabalar Kengashi bilan yaqindan hamkorlik qiladi;

  Ma’naviy-ma’rifiy maqsadlarda tashkil qilingan to‘garaklar, klublarning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

  Institut ommaviy tadbirlarida, hashar va obodonchilik ishlarida institut jamoasi va talabalarining keng ishtirokini ta’minlaydi.