Hayirli ishga bel bog’landi

2019 yilning 16 mart sanasida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Navro‘z” umumhalq bayrami munosabati bilan bog‘liq bir qancha hayrli ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, qabristonlarni obodonlashtirish va ziyorat qilish bo‘yicha Tasviriy san’at fakultetining Dastgohli rangtasvir kafedrasi professor-o‘qituvchilari akademik, professor Yigitali Tursunnazarov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sa’at arbobi, akademik, professor Sa’dulla Abdullaev, Kafedra mudiri Eshmamat Haitov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Rahimjon Rizomuhamedov, kafedra o‘qituvchisi Kamoliddin Hazratqulovlar “Minor” qabristoniga institutda ko‘p yillar mobaynida faoliyat yuritgan ustozlarning qabrlari ziyorat qilindi va ularning qabrlari atrofida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.