O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi 77692-sonli harbiy qismda 2019 yilning 15 mart kuni harbiy qism xizmatchilari bilan “Harbiy xizmatchilarni ma’naviy ongini yuksaltirishda Rassomlik san’atining ahamiyati” mavzusida Tasviriy san’at fakul’teti katta o‘qituvchi B.Ma’rufboev, o‘qituvchi B.Namozov hamda fakul’tet dekan o‘rinbosari Yu.Narzievalar va Amaliy san’at fakul’teti professor-o‘qituvchilaridan dotsent O.Qozoqov, katta o‘qituvchi J.Jumaev, tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
![](http://mrdi.uz/wp-content/uploads/2019/03/Безымянный3.jpg)
Tadbirda 9 nafar talabalarning ijodiy ishlari ko‘rgazma sifatida namoyish etilib, yuqori saviyada o‘tkazildi.
![](http://mrdi.uz/wp-content/uploads/2019/03/Безымянный2.jpg)
Tadbir so‘ngida dotsent O.Qozoqov o‘zining tasviriy san’at asarlari mujassam etgan katologini 77692 – sonli harbiy qism kutubxonasiga taqdim etdi. Bundan tashqari sovg‘a sifatida talabalarning 2 ta ijodiy ishlari taqdim qilindi.
![](http://mrdi.uz/wp-content/uploads/2019/03/Безымянный6.jpg)
Tasviriy san’at fakultetining Dastgohli rangtasvir yo‘nalishi 2-kurs talabalari Abdurazzaqova Nigina, Norchaev Abduhakim, Egamov Dilmurod, Gubaev Xusanlar ijodiy ishlari yuzasidan harbiy qism tinglovchilarining bir qancha savollariga javob berishdi.
Tadbir so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi 77692 – sonli harbiy qism komandiri v.v.b Sh.Sh.Sotqulov institut rahbariyatiga o’z minnatdorchiliklarini bildirdi hamda professor-o‘qituvchilar va talabalarga Tashakkurnoma taqdim qildi.
![](http://mrdi.uz/wp-content/uploads/2019/03/Безымянный7.jpg)
![](http://mrdi.uz/wp-content/uploads/2019/03/Безымянный9.jpg)
![](http://mrdi.uz/wp-content/uploads/2019/03/Безымянный10.jpg)
![](http://mrdi.uz/wp-content/uploads/2019/03/Безымянный8.jpg)