Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 683-yilligi munosabati bilan «Temur vorislari» shiori ostida sportning futbol turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqa


2019 yil 9 aprel kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 683-yilligi munosabati bilan sportning futbol turi bo‘yicha «Temur vorislari» shiori ostida musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqada Tasviriy san’at fakulteti, Amaliy san’at fakulteti, San’atshunoslik fakulteti va Dizayn fakultetlarining jamoalari o‘zaro bellashdi.

Qur’a natijalariga ko‘ra Dizayn fakulteti jamoasi Tasviriy san’at fakulteti jamoasi bilan o‘zaro bellashdi. Natijalarga ko‘ra 2-0 hisobida Dizayn fakuteti jamoasi Tasviriy san’at fakulteti jamoasini mag‘lub etib, finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.   

San’atshunoslik hamda Amaliy san’at fakulteti jamoalari o‘rtasidagi o‘yin natijalariga ko‘ra, San’atshunoslik jamoasi g‘alabaga erishdi.          Musobaqa yakunlariga ko‘ra final bosqichida Dizayn fakulteti va San’atshunoslik fakulteti jamoalari o‘zaro bellashadi.