2019 yil 9 aprel kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 683-yilligi munosabati bilan sportning futbol turi bo‘yicha “Temur vorislari” shiori ostida musobaqa o‘tkazildi.
Musobaqada Tasviriy san’at fakulteti, Amaliy san’at fakulteti, San’atshunoslik fakulteti va Dizayn fakultetlarining jamoalari o‘zaro bellashdi.
![](http://mrdi.uz/wp-content/uploads/2019/04/2-1.jpg)
Qur’a natijalariga ko‘ra Dizayn fakulteti jamoasi Tasviriy san’at fakulteti jamoasi bilan o‘zaro bellashdi. Natijalarga ko‘ra 2-0 hisobida Dizayn fakuteti jamoasi Tasviriy san’at fakulteti jamoasini mag‘lub etib, finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
![](http://mrdi.uz/wp-content/uploads/2019/04/3-1.jpg)
San’atshunoslik hamda Amaliy san’at fakulteti jamoalari o‘rtasidagi o‘yin natijalariga ko‘ra, San’atshunoslik jamoasi g‘alabaga erishdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra final bosqichida Dizayn fakulteti va San’atshunoslik fakulteti jamoalari o‘zaro bellashadi.
![](http://mrdi.uz/wp-content/uploads/2019/04/4-1-1024x767.jpg)