MUZEYSHUNOSLIK KAFEDRASI

Kafedrasi mudiri:

LATOFAT TULKINJONOVNA JABBAROVA 

Ilmiy darajasi:

 

Ilmiy unvoni:Dotsent v.b

Qabul vaqti: Seshanba: 15.00-17.00  Payshanba: 15.00-17.00                     

Telefon: (+998 9)                                                  

E-mail:

Muzeyshunoslik kafedrasi tarixi

Muzeyshunoslik ta’lim yo‘nalishi o‘z faoliyatini 1997-yildan boshlagan bo‘lib, 2001-yildan alohida kafedra sifatida faoliyat yurita boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev huzurida 2017-yil 25-dekabr kuni Madaniyat vazirligi va Badiiy akademiya rahbarlarining hisobotlarini muhokama qilish yuzasidan o‘tkazilgan majlis bayoni (2017-yil 31-dekabrdagi 19580-xx-son) qarorining 7-bandida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 2018-yilda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Muzeyshunoslik kafedrasi negizida Muzeyshunoslik (muzey predmetlari ekspertizasi, konservasiya va ta’mirlash) va Muzeyshunoslik (muzey menejmenti va madaniy turizm) ta’lim yo‘nalishlari ochildi.

 

Kafedrada hozirgi kunda quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha malakali mutaxassis kadrlar tayyorlanadi: Muzeyshunoslik (muzey predmetlari ekspertizasi, konservasiya va ta’mirlash); Muzeyshunoslik (muzey menejmenti va madaniy turizm) va Qadimiy yozma manbalar konservatsiyasi va restavratsiyasi. 

Muzeyshunoslik ta’lim yo‘nalishi o‘z faoliyatini 1997 yildan boshlagan bo‘lib, 2001 yildan esa kafedra sifatida faoliyat yurita boshladi.

 

Bugungi kunda kafedrada 4 ta fan doktori, 4 ta fan nomzodi, 2 ta dosent hamda 1 ta katta o‘qituvchi va 16 nafar o‘qituvchilar talabalarga dars berib kelmoqdalar
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan mutaxassislik fanlari bo‘yicha 20 ga yaqin o‘quv qo‘llanma va darsliklar nashr ettirilgan.
Kafedra O‘zbekiston muzeylar kengashi, respublikamizdagi yirik muzeylar, YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Sankt-Peterburg davlat madaniyat instituti, Koreyaning Kimyon universiteti bilan hamkorlik aloqalarini olib bormoqda.

                                                                                       Muzeyshunoslik kafedraning asosiy maqsadi  

Muzeylar tomonidan madaniy merosni saqlash bilan birga zamonaviy san’atni to‘plash va kelajak avlodga yetkazish muammosi hech qachon hozirgidek  jamiyat uchun dolzarb ahamiyat kasb etmagan. Shu maqsadda kafedraning asosiy maqsadi – muzeyshunoslik sohasida chuqur bilimga ega bo‘lgan, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay oladigan mutaxassislarni tayyorlashdir.

                                                                                       Muzeyshunoslik kafedraning vazifalari:

– nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, kasbiy faоliyat yuritishga tayyor, malakali mutaхassislarini tayyorlash;

– kafеdrani yuqоri malakali ilmiy-pеdagоgik kadrlar bilan to‘ldirish hisоbiga o‘quv jarayoni sifatini оshirish;

– madaniy meros agentligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, davlat va nodavlat muzeylari, ko‘rgazma zallari va galereyalarda asosiy va ilmiy yordamchi materiallarni tayyorlash;

– elektron katalog va elektron arxivlar yaratish;

– ekspozitsiya konsepsiyasi va ssenariysini yozish;

– muzey predmetlarni atributsiya qilish, konservatsiya, muzey predmetlarini hisobga olish va qayd etish;

– muzeyshunoslik sohasida xalqaro aloqalar hamda o‘zaro foydali hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.

“MUZEYSHUNOSLIK” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tarkibi

Jabbarova Latofat Tulqinjonovna

1985-yil 11-aprelda tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 2017-yil Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – muzeyshunos. Muzeyshunoslik kafedrasi mudiri, dotsent v.b. Pedagogik staji – 8 yil. 50 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Dars beradigan fanlari: Umumsan’at tarixi, Amaliy san’at tarixi, Yodgorliklarni saqlash va ta’mirlash.

Email: latofat_85bk.ru

Qoraboyev Usmon Xosilovich

1951-yil 2-dekabrda tavallud topgan. Ma’lumoti – oliy. 1974-yil Toshkent teatr – rassomlik institutini tugatgan. Mutaxassisligi – teatr kollektivi rejissiyori. Muzeyshunoslik kafedrasi professori, falsafa fanlari doktori. Pedagogik staji – 50 yil. 300 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Dars beradigan fanlari: Etnologiya, Nomoddiy madaniy meros.

Email: ulgurepla@gmail.com

Raximova Zuxra Ibragimovna

1949-yil  15-iyun tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 1971-yilda I.Repin nomidagi Leningrad rangtasvir, haykaltaroshlik va me’morchilik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – san’atshunos. Muzeyshunoslik kafedrasi professori, san’atshunoslik fanlari nomzodi. Pedagogik staji – 49 yil. 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Dars beradigan fanlari: Jahon liboslari tarixi, Sharq kitoboti va miniatyura san’ati tarixi, Jahon muzeyshunosligi.

Email:rakhimova.z15@gmail.com

Kuryazova Darmon Turayevna

1968-yil 2-yanvarda tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 2003-yil Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – Muzeyshunos. “Muzeyshunoslik” kafedrasi v/b professori, tarix fanlari doktori (DSc). Pedagogik staji – 24 yil.100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Dars beradigan fanlari: Muzey ishi asoslari, Jahon muzeyshunosligi.

Email: darmonturayeva@gmail.com

Nishanova Kamola Solijonovna

1978-yil 24-avgustda tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 2004-yil Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan. Mutaxassisligi -Muzeyshunos. “Muzeyshunoslik” kafedrasi v/b professori, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Pedagogik staji – 17 yil. 50 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.

Dars beradigan fanlari: Jahon muzeyshunosligi, Muzeyshunoslik, Ekskursiyashunoslik, Muzey rebrendingi.

Email: kamola.n1978@gmail.com

Muxamedova Munisa Sabirovna

1982-yil 8-iyulda tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 2005-yil Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan. Mutaxassisligi -Muzeyshunos. “Muzeyshunoslik” kafedrasi v/b professori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Pedagogik staji – 21 yil. 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Dars beradigan fanlari: Muzey predmetlarining atributsiyasi va ekspertizasi, Muzey dizayni, Muzeyshunoslik sohasida milliy va xalqaro tashkilotlarning ahamiyati, Me’morchilik asoslari, Art turizm.

Email: munisa.muxamedova82@gmail.com

Ganiyeva Charos Xashimovna

1982-yil 2-fevralda tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 2005-yil Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – Muzeyshunoslik. “Muzeyshunoslik” kafedrasi v.b. dotsenti. Pedagogik staji – 20 yil. 50 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Dars beradigan fanlari: Muzeyshunoslik, O‘zbekiston san’ati tarixi, O‘zbekiston me’morchiligi san’ati tarixi, Umumsan’at tarixi.

Email: charosxon1982@gmail.com

Xasanova Nargiza Sa’dullayevna

1981-yil 19-aprelda tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 2005-yil Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan. Mutaxassisligi –San’atshunos. “Muzeyshunoslik” kafedrasi katta o‘qituvchisi, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Pedagogik staji – 8 yil. 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Dars beradigan fanlari: Umumsan’at tarixi, O‘zbekiston san’ati tarixi, San’at asarlari fizika-kimyoviy ekspertizasi.

Email: nargiss1981@mail.ru

Kasimova Shaxnoza Alisherovna

1980-yil 27-dekabrda tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 2015-yil Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – Muzeyshunoslik. “Muzeyshunoslik” kafedrasi v/b dotsenti. Pedagogik staji – 24 yil. 80 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Dars beradigan fanlari: Muzeyshunoslik, Muzey pedagogikasi, Jahon liboslari tarixi.

Email: shakhnoza.kasimova7744@mail.ru

Xasanova Feruza Rahmonaliyevna

1982-yil 5-sentabrda tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 2005-yil Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan. Mutaxassisligi -Muzeyshunos. “Muzeyshunoslik” kafedrasi katta o‘qituvchisi. Pedagogik staji – 20 yil. 70 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Dars beradigan fanlari: Me’morchilik asoslari, Madaniy turizm tarixi va nazariyasi, Umumsan’at tarixi, Arxiv ishi asoslari.

    Email: fxasanova242@gmail.com

Amanxadjayeva Gulnora Nigmatjonovna

1983-yil 3-oktabrda tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 2007-yil Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan. Mutaxassisligi –Tasviriy va  manzarali amaliy san’at (San’atshunos). “Muzeyshunoslik” kafedrasi katta o‘qituvchisi,  Pedagogik staji – 19 yil. 30 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Dars beradigan fanlari: Xalqaro protokol va etiket, Ekskursiyashunoslik, Tasviriy san’atda afsona va rivoyatlar, Umumsan’at tarixi.

      Email: amanxodjayeva@mail.ru

Sadikova Nasiba Baxtiyorovna

1985-yil 3-iyunda tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 2014-yil Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – Muzeyshunoslik. “Muzeyshunoslik” kafedrasi  o‘qituvchisi. Pedagogik staji – 5 yil. 20 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi. Dars beradigan fanlari: Sharq kitoboti va miniatyurasi san’ati, Muzey ashyolarini ekspertizasi va restavrasiyasi, Konservatsiya asoslari.

Email: sadikova_nasiba85@list.ru

Xamidova Dilfuza Ulug‘bek qizi

1991-yil 23-mayda tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 2017-yil Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – San’at asarlarini va me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash. “Muzeyshunoslik” kafedrasi o’qituvchisi,  Pedagogik staji – 4 yil. 20 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Dars beradigan fanlari: Muzey ashyolarini ekspertizasi va restavrasiyasi.

      Email: Dilfuza.xamidova@list.ru

Qayumov Suxrob Sobirovich

1987-yil 4-yanvarda tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 2019-yil Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – Dastgohli rangtasvirchi. “Muzeyshunoslik” kafedrasi o‘qituvchisi. Pedagogik staji – 14 yil. Ko‘plab tasviriy san’at asarlar va 8 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Dars beradigan fanlari: Rangtasvir texnika texnologiyasi, Rangshunoslik va kompozitsiya asoslari, Muzey ashyolarini ekspertizasi va restavrasiyasi.

Email: sukhrob.86@icloud.com

Madaminov Bahodir Tuxtasinovich

1972-yil  14-sentabrda tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 2011-yil Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan. Mutaxassisligi –   – Muzeyshunoslik. “Muzeyshunoslik” kafedrasi o‘qituvchisi. Pedagogik staji – 2 yil, 20 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Dars beradigan fanlari: Muzeyshunoslik, Madaniy turizm tarixi va nazariyasi.

    Email:   madaminovbahodir88@gmail.com                    

Babadjanova Inobat Arkadevna

1985-yil 5-avgustda tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 2020-yil Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – San’at nazariyasi va tarixi. “Muzeyshunoslik” kafedrasi o‘qituvchisi. Pedagogik staji – 4 yil. 20 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Dars beradigan fanlari: Amaliy san`at tarixi, O‘zbekiston me’morchiligi san’ati tarixi, Arxiv ishi asoslari, O‘zbekiston san’ati tarixi, Muzeyshunoslik.

Email: inusha1985@mail.ru

Bozorbayeva Umida Mansurovna

1984-yil  20-iyunda tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 2014-yil Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan. Mutaxassisligi  – San’atshunoslik: tasviriy san’at tarixi va nazariyasi.  “Muzeyshunoslik” kafedrasi o‘qituvchisi. Pedagogik staji – 2 yil, 20 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Dars beradigan fanlari: Muzeyshunoslik, Yodgorliklarni saqlash va ta’mirlash, Me’morchilik asoslari.

    Email:   bozorboyevaumida819@gmail.com                    

   MUZEYSHUNOSLIK kafedrasida mavjud yo‘nalishlar

    • Muzeyshunoslik (muzey predmetlari ekspertizasi, konservasiya va ta’mirlash) yo‘nalishi – San’at asarlarini tiklash va ta’mirlash, badiiy va tarixiy ahamiyatini baholash, ko‘rgazmalardan so‘ng fond zahiraxonalarida saqlashga tayyorlash, muzeylardan tashqarida, shuningdek xorijiy davlatlarda tashkil etiladigan ko‘rgazmalarda ularni qalbaki nusxalariga almashtirish xavfini oldini olish uchun har bir asarni zamonaviy texnik uskunalar yordamida tadqiq qilish, ekspertizadan o‘tkazish va baholash ishlarini amalga oshirib borish malakasiga ega bo‘ladilar.
    • Muzeyshunoslik (muzey menejmenti va madaniy turizm) yo‘nalishi – O‘zbekistonda turizmini rivojlantirish, tuman va shaharlarning turistik salohiyati, joylardagi tarixiy obidalar, ziyoratgohlar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni targ‘ib qilish, chet ellik hamda mahalliy sayohatchilarni ularga jalb etish, turistlarga tarjimonlar va ekskursovodlar xizmatlari ko‘rsatishni yaxshilash, madaniy-tarixiy turizm kabi sayohat dasturlarini yarata oladigan, san’at va muzey turizmi sohasida boshqaruvchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash maqsadida
    • Muzey pedagogikasi ta’lim yo‘nalishi – muzeylarning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatini nazarda tutgan holda ularni ta’lim muassasalariga yaqinlashtirishgina emas, balki ta’lim muassasalarini ham muzeyga yaqinlashtirish, ya’ni hamkorlik pedagogikasini amalga oshirish malakasiga ega bo‘ladilar.
      Bu yo‘nalishlarni bitirgan mutaxassislar respublikamizdagi turli ixtisoslikdagi muzeylarda kichik ilmiy xodim lavozimidan boshlab muzey rahbari lavozimlarida, badiiy ekspertiza boshqarmasi, YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, elchixonalarning madaniyat markazlarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelishmoqda.
    • Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy ob’ektlarni konservasiya qilish, ta’mirlash va saqlash 2014-2017 yillarda magistratura mutaxassisligining davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilib, har yangi o‘quv yilida malaka talablari ish beruvchilar bilan hamkorlikda mukammallashtirib borilmoqda.

MUZEYSHUNOSLIK kafedrasi tomonidan o‘tiladigan fanlar

    • Muzey ishi asoslari
    • Me’morchilik asoslari
    • Muzeyshunoslik
    • Muzey pedagogikasi
    • Muzey ashyolarini ekspertizasi va restavratsiyasi
    • O‘zbekistonda muzey ishi
    • Arxeologiya asoslari
    • Etnologiya
    • Umumsan’at tarixi
    • Tasviriy san’atda afsona va rivoyatlar
    • Rangtasvir texnika-texnologiyasi
    • Yodgorliklarni saqlash va ta’mirlash
    • Rangshunoslik va kompozisiya
    • Madaniy turizm tarixi va nazariyasi
    • Fotografiya
    • Jahon liboslari tarixi
    • Nomoddiy madaniy meros
    • Ekskursiyashunoslik
    • San’at asarlarini fizik-kimyoviy ekspertizasi
    • Muzey va jamiyat
    • Muzey ashyolarini ilmiy tadqiqi qilish
    • Amaliy san’at tarixi
    • O‘zbekiston me’morchilik san’ati tarixi
    • Xalqaro protokol va etiket
    • Arxiv ishi asoslari
    • Ko‘rgazma kuratorligi
    • Amaliy bezak san’ati tarixi
    • Art-terapiya (tanlov fan)
    • Numizmatika (Tanlov fan)

“MUZEYSHUNOSLIK” kafedrasining uslubiy va ilmiy  ishlari

2017-2020 yillar mobaynida kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan 7 ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta monografiya, OAK e’tirof etgan jurnallarda 15 dan ortiq maqolalar, Xorijiy jurnallarda 20 ga yaqin maqolalar chop etilgan.

“MUZEYSHUNOSLIK” kafedrasining universtitutlar va institutlar bilan mavjud aloqalari

Sankt-Peterburg davlat madaniyat instituti bilan 2018 yildan buyon hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

Innovatsion hamkorlik

Bugungi kunda Muzeyshunoslik kafedrasining quyidagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari mavjud:

    • O‘zbekiston muzeylar kengashi, Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi
    • O‘zbekiston Davlat tabiat muzeyi
    • K.S.Zoirov nomidagi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash muzeyi
    • O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi
    • O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi
    • Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi
    • O‘zbekiston amaliy san’ati va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi
    • O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi
    • Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi
    • Qoraqalpog‘iston Respublikasi I.V.Saviskiy nomidagi davlat san’at muzeyi
    • Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi.

IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI

INFORMATIKA VA MENEJMENT KAFEDRASI

SAN'AT TARIXI VA NAZARIYASI KAFEDRASI

MUZEYSHUNOSLIK KAFEDRASI

O`ZBEK VA XORIJIY TILLAR KAFEDRAI