“Mardlar – qo‘riqlaydi Vatanni” nomli harbiy chiqishlar namoyishlari va ijodiy uchrashuv

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik dizayn instituti hamda Toshkent davlat axborot texnologiyalarining maxsus fakulteti ofitserlari va Sharqshunoslik instituti fahriylari ishtirokida 2019 yilning 11 yanvar kuni O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Ikuo Xiroyama Xalqaro Madaniyat karvon saroyida 14 – yanvar- Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Mardlar – qo‘riqlaydi Vatanni” nomli xarbiy chiqishlar namoyishlari va ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Mardlar – qo‘riqlaydi Vatanni” nomli harbiy chiqishlar namoyishlari va ijodiy uchrashuvda tadbirni Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy orkestr boshlab berdi. Jangovor tarzdagi kuy va qo‘shiqlar qatnashchilarga vatanparvarlik ruhiyatini bag‘ishladi. Juda chiroyli boshlangan ushbu tadbirning asosiy qismini O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Ikuo Xiroyama Xalqaro Madaniyat karvon saroyida ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘limi rahbari Gavhar Saodatova ochib berdi va olib bordi.

Tadbirda ishrok etish uchun tashrif buyurgan Qurolli kuchlar akademiyasida faoliyat yuritayotgan harbiy podpolkovnik Hikmatilla Qosimov, Nuriddin Jurayev, Asliddin Parpiyevlar, Sobiq mehnatlari uchun medal sohibi Jasur Omonov, kichchik serjand Otabek O‘g‘lonovlar so‘zga chiqib, yosh talabalarga o‘z faoliyatlari, yosh askarlar faoliyati ularning yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi yo‘lida kechayu-kunduz tinim bilmay qilayotgan xizmatlari haqida so‘zlab berdilar.
Tadbirda Mudofaa vazirligi Madaniyat markazi qoshida tashkil etilgan “Turon” teatr studiyasining aktrisalari chiqishlari tadbirga o‘zgacha bir fayz kiritdi. Ular Ona-Vatanni sevish, ardoqlash, uni yomon ko‘zlardan asrash, farzandlik burchini ardoqlash zaminida vattanni el-yurtni himoya qilish, yurt sarhadlarida sadoqat bilan hizmat qilishlikni tarannum etuvchi buyuk shaxslarimiz Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, momolarimiz Tumaris, Zulfiyaxonimlar tilidan monologlar o‘qidilar. Aktrisalarimizning bu kabi sahna ko‘rinishlari, yoshlarimiz ongida katta taassurot o‘yg‘otdi. Institutning Amaliy san’at fakulteti ma’naviyat ishlari dekan muovini Feruza Xasanova tadbir so‘ngida so‘zga chiqib, davra mehmonlari va ishtirokchilarga institut rahbariyati va talabalari nomidan o‘z minnatdorchiligini bildirib, 14 – yanvar- Vatan himoyachilari kuni bayrami bilan qutlab, ularga kelajakda ishlarida muvoffaqiyatlar tiladi.