“ Ijodkor qizlar” klubi a’zolarining ish faoliyati to‘g‘risida

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik dizayn institutining Xotin-qizlar Qumitasi Boshlang‘ich tashkiloti raisi F.Raxmanova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevradlagi PF-5325-sonli “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon ijrosini ta’minlash, shuningdek, yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyatini alohida yetkazish, institutimiz qizlariga bo‘lgan e’tiborni yanada yuksak pog‘onaga ko‘tarish va ijodkor qizlar bilimi va iqtidorini yanada oshirish maqsadida 2019 yilning 7 yanvarida Toshkent telekanalining “Toshkent vaqti” teleko‘rsatuvida Dizayn fakultetining 3- kurs talabasi hamda institutning “Ijodkor qizlar” klubi a’zosi Mavluda Nasriddinovaning ijodi yoritildi.

Mazkur ko‘rsatuv orqali bo‘lajak dizayner o‘zining ilk “Sharq jilosi” nomli liboslar kolleksiyasini namoyish etdi.
Mavluda Nasriddinova singari talaba qizlarning tengdoshlari orasida alohida qiziqishlari, ijodiy imkoniyatlari uchun hamkorlik va tashabbuskorlik muhitini yaratish, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy faollligini oshirishda ularni yanada rag‘batlantirish institut Xotin-qizlar Qo‘mitasi Boshlang‘ich tashkiloti faoliyati uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

 МРДИ Хотин қизлар     Қўмитаси раиси Ф.Ш. Рахманова