2019 yilning 16 yanvar kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining madaniyat markazi zalida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 27 yilligiga hamda Vatan Himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. Chirchiq Oliy tank qo‘mondon muxandislik bilim yurti «Taktika» kafedrasi boshlig‘i «Shuxrat» medali sohibi palkovnik G‘anijon To‘rayev boshchiligidagi askarlari, kursantlari va xarbiy xizmatchilari tashrif buyurishgan.
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik dizayn institutining talabalri ushbu bayram tadbirini ssenariy asosida olib bordilar. Dastur boshlovchilari 

Qambarov Hayitboy va Abdurazzoqova Nigina yurtimizning mard o‘g‘lonlariga bag‘ishlangan 4 misra she’r : 
Xalq bilan armiya – bir tanu, bir jon 
Vatan qalqonlari – El o‘g‘lonlari,
Ko‘zlarning qarog‘i – muqaddas Vatan,
Xalq baxtli, yurt tinchin – mard posponlari
bilan tadbirni ochiq deb e’lon qildi. Shundan so‘ng Institut rektori 

X.R.Aminov baram ishtirokchilarini taqdirlash uchun so‘zga chiqdi. Tantanali tabrik so‘zidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi.

Tabrik uchun so‘z, Chirchiq Oliy tank qo‘mondon muxandislik bilim yurti «Shuxrat» medali sohibi serjant Dilshod Jalilovga berildi.

Dilshod Jalilov barcha ishtirokchilarni bayram munosabati bilan tabriklab, yurtimizning barcha sarhadlarida vatanimiz posponlari, yurtimiz tinchtigi uchun xizmat qilayotgan mard o‘g‘lonlarimizning bugungi kundagi yuksak ishlari xarbiy faoliyatlari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi. So‘zining so‘ngida ijodkor talabalrning ijodi borasida to‘lqinlanib gapirdi, ijodkorlarning mashshaqqatli mehnatlari harbiylarnikidan kam emasligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng institutimiz talabalari.

Shoyanov Rustam va Tog‘ayeva Dilorom ijrosidaga qo‘shiq ijro etildi. Dastur davomida Chirchiq harbiy bilim yurtining kursantlari va ushbu harbiy bilim yurtining muzey bo‘lim boshlig‘i Shohista Ortiqovalarga so‘z navbati berildi. Ular ham o‘z sohalariga sadoqat bilan hizmat qilishlari, vatan uchun xizmatda doim shay bo‘lganliklaridan fahrlanib so‘zladilar va kelajakda yoshlarimizni ham shu ruhda kamol topib, o‘z sohalarning munosib egalari bo‘lishlariga tilak bildirib qoldilar.
Institutning zukko yoshlaridan tashkil topgan “QVZ”ya’ni, intetektual
jamoaning bayram munosabati bilan tayyorlagan ijodiy chiqishlari bayram ishtirokchilarida o‘zgacha taassurot qoldirdi.