Talabalar uchun dasturlash bo’yicha tanlov.

Mirzo Ulug’bek Innovatsion markazi tomonidan “ROBO CODERS 2019” tanlovi o’tkazilmoqda.
Tanlovda dasturlash tajribasiga ega 15 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan nomzodlar, shu jumladan talabalar ham ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda uchta nominatsiya bo’yicha 9 ta sovrinli o’rinlar ajratilgan:
👉 3 ta birinchi o’rin (HP 250 G6 i3-6006 4/500 noutbuki);
👉 3 ta ikkinchi o’rin (Acer Extensa EX2519 N3160 4/500 noutbuki);
👉 3 ta uchinchi o’rin (Xiaomi Redmi Note 5 64 GB smartfoni).

Shuningdek, tanlov yakunlarida quyidagi nominatsiyalarda ham rag’batlantiruvchi sovrinlar taqdim etiladi:
👉 Eng tez coder;
👉 Eng sodda algoritm;
👉 Eng yosh dasturchi.

Ishtirokchilar 2019 yilning 4 fevralidan 15 fevraliga qadar www.muic.uz sayti orqali ro’yxatga olinadi.
Ma’lumot uchun: +998 71 238 99 44