Yurtimiz bo’ylab ulug’ zotlarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludlarini  tantanali tadbirlar doirasida nishonlash keng tus oldi.shu jumladan  Kamolliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik dizain institutida  ham 2019 yilning 15 fevral kuni ulug’ shoh, shoir, olim, tom ma’nodagi buyuk ijodkor bo’lgan Zahiriddin Muxammad Bobur tavalludining 536 yilligi munosabati bilan “Bobur – shoh, shoir, davlat arbobi” deb nomlangan davra suhbati bo’lib o’tdi.

Institutning “Tillar va adabiyot” kafedrasi mudiri M. Ulmasbaeva, tasviriy sa’nat fakulteti, amaliy san’at fakulteti hamda san’atshunoslik fakultet larining yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha dekan o’rinbosarlari hamkorligida faol talabalar guruhi ishtirokida olib borilgan ushbu davra suhbatida  Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga bag’ishlangan qiziqarli ma’ruzalar tinglandi, talabalar tomonidan g’azallar  va uning g’azallariga bitilgan kuy va ohanglar tarannum etildi. Tadbirni institut rektori X.R.Aminov  kirish so’zi bilan ochib berdi.

Shoh va ijodkor qalam sohibining hayotiy kechinmalari, u yaratib qoldirgan ijod namunalarining   sermahsul, bebaho yodgorliklari zaminida kelajak avlod tarbiyasi uchun,yoshlar saviyasida ma’naviy va ma’rifiy tafakkurni shaklantirishda xizmat qiluvchi ibratli fikrlar va g’oyalari borasida alohida to’xtalib o’tdi. Shoirning tarix zarvaraqlarida  muhrlanib qolgan siymosi va uning  jamiyat  va jahon tarixidagi ahamiyatining har qanday ijodkor nazaridan chetlab o’ta olmasligi va aynan tasviriy san’at  vakillarining ijodida buyuk siymo sifatida aks etmay qolishi mumkin emasligi ta’kidlandi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i D.Jumashev  “Bobur – shoh, shoir, davlat arbobi” deb nomlangan ma’ruzasida  tarixda ulug’ shox, shoir, olim, jahon madaniyatiga ulkan xissa  qushgan allomalardan biri bolib qolishida  asos bolgan uning shox asarlari tarixidan  qisqacha so’zlab berdi. Ma’ruza daholar o’tmishida qiziq voqea va xodisalarga boy bo’lganligi bois talabalarda bobomiz Bobur Mirzoga nisbatan ta’ssurotlari yanada kengaydi. Talabalarning  Bobur Mirzo haqidagi fikrlari tinglandi. Ular orasida san’atshunoslik fakulteti 1-kurs talabasi Norchaeva Madina, amaliy grafika bo’limi 1-kurs talabasi Alimboev Sherzod tomonidan Bobur g’azallaridan to’rt misra she’rlar ifoda etildi. Tadbir doirasida rassom ijodkor talabalar tomonidan Zahiriddin Muxammad Bobur siymosida tarixiy lavhalar aks etgan minniatyura asarlari namoyishi tashkil etildi.

Ular yaratgan asarlarning mohiyaga qarab ulug’ zot tarixini bilan talabalarning qay darajada yaqinligi muhokama qilindi va mehnatlari samarasi yuksak baholandi.