Davlat ramzlarini e’zozlash, uning qadr-qimmatini anglash, shaxsiy ehtiyojlar va jamiyat ehtiyojlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash g‘oyalarini targ‘ib qilish

2019 yilning 3 aprel sanasida K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining Tasviriy san’at fakulteti tomonidan institut guruh murabbiylari va talabalari ishtirokida “Axborot va ta’lim tarbiya soati”ning navbatdagi seminari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 yanvarda qabul qilingan “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida institutda qator ishlar amalga oshirilmaqda.

Ushbu axborot soati “Bolalar va yoshlarda davlat ramzlarini e’zozlash, uning qadr-qimmatini anglash, shuningdek, shaxsiy ehtiyojlar va jamiyat ehtiyojlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash g‘oyalarini targ‘ib qilish” mavzusiga bag‘ishlandi.

Fakultet murabbiylar kengashi raisi B.Ma’rufboev  mavzu yuzasidan ma’ruza qildi. Tinglovchilar ushbu seminar mavzusi doirasida, jumladan, davlat ramzlarini e’zozlash, qadrlash, milliy qomusimiz – Konstitutsiya qonunlariga jamiyatda qonuniy yondashish va amal qilish hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasida qator chora-tadbirlar ijrosini amalga oshirish haqida bir qator fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Tadbir so‘ngida 9 aprel – Sohibqiron, buyuk sarkarda Amir Temur (1336-1405) tavallud topgan kuni hamda “Temur tuzuklari” asari jamiyatimizning ma’naviy va ma’rifiy hayotida bugungi kundagi ahamiyati haqida talaba-yoshlarga  tushuntirish ishlari olib borildi.