“Cho’l daraxt” qabristonida uyushqoqlik bilan hashar o‘tkazildi.

Yurtimizda o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash, buyuk allomalar, aziz-avliyolarimizning ziyoratgohlarini, qabristonlarni obodonlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu borada Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti jamoasi yil davomida yaqin hududlarda istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilalar, yakkayu-yolg‘iz hamda nogiron fuqarolarning xonadonlarida, Mehribonlik uylarida, urush va mehnat fahriylar, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylarida tizimli tarzda hasharlar hayriya tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan joriy yil 5 may kuni Dizayn fakulteti dekan muovini O. Saidov, Institutning yoshlar yetakchisi A.Temirov hamda bir guruh faol talabalar bilan ushbu ezgu va hayrli an’anani davom ettirgan holda Mirzo Ulug’bek tumanida joylashgan “Cho’ldaraxt” qabristonida uyushqoqlik bilan hashar o‘tkazildi.

Hashar davomida qabristonda obodonlashtirish, daraxtlarni oqlash, ariqlarni tozalash, hududni tartibga keltirish kabi keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Bu qilingan hayr-sahovatga boy ishlari uchun “Cho’ldaraxt” qabristoni ma’muriyati tomonidan minnatdorchilik bildirildi.