Minbar” tok-shousida institutimiz vakillari qatnashishdi

Bugun, 23-fevral sanasida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti hamda “Mahalla” telekanali hamkorligida maxsus kòrsatuv tasvirga olindi.

“Mahalla” telekanali orqali efirga uzatilib kelinayotgan “Minbar” tok-shousida fakultetda muzeyshunoslik, muzey menejmenti va madaniy turizm sohalari bòyicha salohiyatli kadrlarni tayyorlash masalalariga tòxtalib òtildi.
Unda San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti òqituvchilari, tyutorlari hamda talabalari faol ishtirok etdi.

Shuningdek, tok-shouda hozirgi kunda muzeylar faoliyati, ularni rivojlantirish, muzeyshunoslik sohasida malakali kadrlarni yetishtirish masalasi, muzeylarga tashrif buyuruvchilar sonini oshirish, muzey sohasida yangi innovatsiyalarni qòllash masalalari muhokama etildi.