San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti tomonidan Zulfiyaxonim tavalludining 107 yilligi munosabati bilan ijodiy kecha tashkil etildi.

📝 Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti tomonidan Mirobod tumanidagi 214-sonli umumta’lim maktabida Zulfiyaxonim tavalludining 107 yilligi munosabati bilan “Bu boģlar bir boģlar bòladi, hali” nomli she’riyat va ijod kechasi tashkil etildi.

📚Tadbirda yozuvchilar uyushmasi a’zosi, ijodkor Nargiza Asad, San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti dekani òrinbosari Òktam Ahmedov, fakultet tyutori Sarvar Musurmonov va iqtidorli talabalar ishtirok etdi.
Ijodiy kechani iste’dodli talabamiz Maxliyoxon Umurzоqova olib bordi.

Nargiza Asad va Sarvar Musurmonov tomonidan Zulfiyaxonim hayoti va ijodi haqida muhim ma’lumotlar berildi. Mushoiralar tashkil etildi.

🎼Iqtidorli talabalarimiz tomonidan kuylangan kuy va qòshiqlar tadbirga òzgacha fayz baģishladi.