“Sen aziz va muqaddassan ayol” mavzusida ochiq dars va master-klass tashkil etildi.

#MUQADDASS_AYOL
#MASTER_KLASS

🔹Joriy yilning 2-mart kuni O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakultetining Muzeyshunoslik kafedrasi tashabbusi bilan “Sen aziz va muqaddassan ayol” mavzusida ochiq dars va master-klass tashkil etildi.

Unda Mirobod tumanidagi 263-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari va o’qituvchilari ishtirok etdi.

💐8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda fakultetning o‘qituvchilari V.Rudzit va S.Qayumovlar tomonidan “Ona tabiat”, “Bahor gullari” mavzularida mahorat darslari tashkil etildi.

💐Malakali o‘qituvchi Vitali Rudzitning ayollar uchun eng munosib bayram sovg‘asi bo‘lgan gullarni tayyorlash bo‘yicha bajargan ko‘rgazmali ishlari o‘quvchilarda yorqin taassurot qoldirdi.

Tadbir yakunida maktab o‘quvchilari tomonidan bayramga bag‘ishlangan she’rlar, monologlar ijro etildi.