“Musavvir” gazetasining May oyi soni nashrdan chiqdi.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining aziz talaba-yoshlari hamda qadrli ustozlari!

Siz azizlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, institut tomonidan muntazam nashr etilayotgan “Musavvir” gazetasining navbatdagi sonini elektron shaklda taqdim etamiz.

Ushbu sonda ham koʻplab qiziqarli yangiliklar, maqolalar, professor-oʻqituvchilar hamda talabalarning fikr-mulohazalariga guvoh boʻlishingiz mumkin.

Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik hamda yoqimli mutolaa tilab qolamiz!