O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022-yil 29-yanvardagi 05-1-201-son topshiriq xati hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektorining 2022-yil 30-apreldagi U-99-sonli buyrug‘iga asosan, institut yoshlari o’rtasida “Eng yaxshi kitobxon talaba” tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovning dastlabki fakultet bosqichida 3 ta fakultetdan 42 nafar talaba ishtirok etdi. Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish borasidagi targ‘ibot-tashviqot ishlarining samarasi sifatida fakultet bosqichi, talabalar o‘rtasida qizgin bellashuvlar tarzida bo‘lib o‘tdi. Fakultet bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘rin sohiblari 30-may kuni institut bosqichida bellashdilar. Talabalardagi bilimga chanqoqlik, shijoat, maqsadi yo‘lidagi kurashuvchanlik hissining yuqoriligi sabab kitobxonlik tanlovining institut bosqichi ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti 4-bosqich talabasi Urаqov Shamshod faxrli 1-o’rinni, Amaliy san’at va dizayn fakulteti 2-bosqich talabasi Xojimamatov Erkinjon 2-o‘rinni, San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti 1-bosqich talabasi Ergasheva Sojidaxon esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.
“Eng yaxshi kitobxon talaba” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Urаqov Shamshod tanlovning hududiy bosqichiga tavsiya etildi. G‘oliblar institut tomonidan munosib sovg‘alar bilan taqdirlandi.