“Uzbekistan Fashion Week-2022” Xalqaro modalar namoyishida institut talabalarining ishtiroki

Yaqinda poytaxtimizda “Yosh dizaynerlar kengashi” hamda Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan “Uzbekistan Fashion Week-2022” Xalqaro modalar namoyishi bo‘lib oʻtdi.

Ushbu xalqaro moda xaftaligida, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining iqtidorli talabalaridan biri, Tasviriy sanʼat fakulteti Rangtasvir (dastgohli) taʼlim yoʻnalishi 2-bosqich talabasi, “Mard oʻgʻlon” Davlat mukofoti sohibi Fazliddin Anvarov bosh tashkilotchi lavozimida ish olib borib, moda haftaligini saviyali ravishda oʼtkazishda oʻzining samarali hissasini qoʻshdi. Moda haftaligida yurtimizning taniqli dizaynerlari bilan bir qatorda, yosh umidli dizaynerlar, bir qator davlatlardan kelgan xalqaro dizaynerlar ham ishtirok etishdi. Jumladan, Rossiya, Turkiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va boshqa bir qator davlatlardan kelgan dizaynerlar oʻzlarining liboslar toʻplamlari namoyish etishdi.

Yosh isteʼdod sohibi boʻlgan Fazliddinning kelgusidagi faoliyatida yuksak parvozlar tilaymiz!