Amaliy san’at va dizayn fakultetida Yakuniy ko‘rik nazoratlari qizg‘in tarzda bo‘lib o‘tdi

Amaliy san’at va dizayn institutida mavjud barcha yо‘nalishlarning 2-3 kurs talabalari ijodiy ishlari namoyish etildi. Chizmatasvir, Rangtasvir, Loyihalash, Ashyoda ishlash, Kompozitsiya, Badiiy konstruksiyalash, Fototexnika va texnologiya, va boshqa fanlardan о‘tkazilgan yakuniy nazorat ishlarida erishilgan yutuqlar va mavjud muammolar yuzasidan dotsent Xayrullo Qosimov bir qator tavsiyalar berib о‘tdi. О‘tgan yillardan farqli о‘laroq fakultet dekani tashabbusi bilan “Libos dizayni” ta’lim yо‘nalishida tahsil olayotgan 2-3 kurs talabalarining “Dizayn loyihalash” fanidan yakuniy nazorat kо‘riklari liboslar namoyishi tarzida у́tkazildi va bu tajriba professor-о‘qituvchilar hamda talabalar tomonidan qо‘llab-quvvatlandi.

Ushbu nazorat kо‘riklarida talabalar tomonidan  yaratilgan milliy, an’anaviy va zamonaviy uslublardagi bir-biridan ajoyib liboslar kolleksiyalari “Chizmatasvir” kafedrasi dotsenti Xayrullo Qosimov raisligidagi komissiya a’zolari  rahbarligida baholab borildi. Noan’anaviy tarzda tashkil etilgan ushbu yakuniy nazorat kо‘riklari “Libos dizayni” kafedrasidagi ta’lim jarayoni va undagi ijodiy faoliyat ulkan yutuqlar sari  odimlayotganini  kо‘rsatib bera oldi.