“Fan va ta’limni rivojlantirishda axborot ta’minotining muhim roli” mavzusida ilmiy-uslubiy seminar tashkil etildi.

Mazkur seminar institut hamda “E-LINE PRESS” MCHJ hamkorligida tashkil etildi. Tadbirni institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha prorektori, ilmiy-uslubiy seminar moderatori Dilafrо‘z Qurbonova kirish sо‘zi bilan ochib berdi.

Seminarda О‘zbekistonda ProQuest va Antiplagiat rasmiy vakili, ilmiy maslahat bо‘lim rahbari Nargiza Pazilova “Elektron ilmiy ta’lim resurslardan foydalanish va noshir faolligi. RroQuest dissertatsiyalar bazasi. Otm dissertatsiyalarini proquest dissertations &theses global bazasiga joylashtirish orqali uni xalqaro ilmiy ta’lim maydonida targ‘ib qilish va reytingini oshirish”, “Akademik plagiat muammosi va unga qarshi kurashda otm roli. Dissertatsiya va ilmiy nashrlar sifatini oshirishda antiplagiat tizimidan foydalanish”, “SCOPUS, WEB OF SCIENCE rо‘yxatidagi yuqori reytingli ilmiy jurnallarga maqolalarni tayyorlash va chop etish” mavzularida ma’ruza qildi.

Ma’ruzalarning asosiy maqsadi institut professor-о‘qituvchilari, doktorantlari, mustaqil tadqiqotchilari, magistrantlarini ilmiy tadqiqotlar va ta’limda elektron ilmiy ta’lim resurslar va tahliliy tizimlardan foydalanish, о‘quv va ilmiy nashrlarda plagiatni bartaraf etishda antiplagiat tizimi va ilmiy nashrlar etikasi darajasini oshirishda uning ahamiyati haqida ma’lumot berish, shuningdek xorijiy nufuzli ilmiy jurnallarda chop etish uchun xalqaro standartlarga mufoviq ilmiy maqolalarni tayyorlash asoslari bilan tanishtirishdir.

 Ilmiy-uslubiy seminarda ma’ruzachi Nargiza Pazilova tomonidan institut tadqiqotchilari va pedagoglarning bir qator savollariga batafsil javob berildi.