Qabul-2022 jarayonlari bo’yicha ma’lumot

Kamoliddin Behzod nomidagi Miliy rassomlik va dizayn institutining 2022-2023 о‘quv yili uchun qabul jarayonlari to’g’risida abituriyentlar uchun ma’lumot.

 

  1. Joriy yilning 20-iyun sanasidan qabul kо‘rsatkichlari (kvota), qabul jarayoniga oid boshqa ma’lumotarni olish mumkin.
  1. Qabul jarayoniga tegishli barcha ma’lumotlar institutning rasmiy veb-sayti mrdi.uz, t.me/mrdi_qabul_2022, t.me/mrdi24yangiliklar orqali e’lon qilinib boriladi.
  1. Abituriyentlarning xujjatlari Yagona interaktiv Davlat xizmatlari portali va Davlat test markazining rasmiy DTM.uz veb sayti orqali har yili 20-iyundan 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) bо‘lgan muddatlarda abituriyentlar onlayn rо‘yxatdan о‘tishlari mumkin.
  1. Qо‘shimcha ma’lumot bо‘yicha 71/255-88-06 raqamiga telefon orqali murojaat etishingiz mumkin.