Ozarbayjon-О‘zbekiston munosabatlari kо‘p asrlik dо‘stlik tarixiga ega. О‘zbekiston va Ozarbayjon xalqlarini milliy an’analar va madaniyat birlashtirib turadi. Madaniy aloqalar ta’siri ostida xalqlarning ichki dunyosini boyitishda muhim ahamiyatga ega bо‘lgan milliy adabiyot va san’at rivojlanib bormoqda. Quvonarli tomoni shundaki, Ozarbayjon xalqi о‘z madaniyatini boshqa xalqlar, eng avvalo, qardosh о‘zbek xalqi bilan о‘zaro munosabatlarda – ijodiy hamkorlik asosida rivojlantirmoqda.
Adabiy va madaniy aloqalar doirasini tarjima muammolari, munozaralar, suhbatlar, ijodiy uchrashuvlar, festivallar, taniqli shaxslarning yubileylari, adabiyot va san’at hamda she’riyat kunlari tashkil etadi. Ta’kidlash joizki, taniqli Ozarbayjon va о‘zbek klassiklari – Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Nizomiy Ganjaviy, Nasiriddin Tusiy, Muhammad Fuzuliy va boshqa bir qator namoyondalarning asarlari nafaqat Sharq xalqlarining, balki dunyodagi umuminsoniyatning mulki hisoblanadi. Buning natijasida esa Boku shahrida Alisher Navoiy haykali, Toshkentda Nizomiy Ganjaviy haykali qad rostladi. О‘zbekiston Davlat Pedagogika universiteti Nizomiy Ganjaviy nomi bilan, Ozarbayjondagi qishloq esa Alisher Navoiy nomi bilan atala boshladi. О‘zbekistonda yashagan ozarbayjonlik Maqsud Shayxzoda asarlari о‘zbek adabiyotining ajoyib namunalaridir. Mashhur Ozarbayjon bastakori Orif Melikovning О‘zbek shoiri va yozuvchisi Sharof Rashidovning “Ikki dil dostoni” deb nomlangan she’rlariga bag‘ishlangan asari esa jahon san’atining durdonasidir.
21-iyun kuni institut ilmiy tadqiqotchilari uchun joriy о‘quv yilida Ozarbayjon davlat Madaniyat va san’at universitetida malaka oshirgan “Muzeyshunoslik” kafedrasi о‘qituvchilari Munisa Muhamedova va Shahnoza Qosimovalar tomonidan taqdimot о‘tkazildi. Taqdimotda Ozarbayjonda ta’lim jarayonlari, muzeyshunoslikka oid tadqiqotlar, ularning bugungi kundagi ahamiyati, О‘zbekiston muzeylari bilan bog‘liqlik tomonlari, о‘xshash jihatlari va kelgusida yurtimiz muzeylarida Ozarbayjon tajribasini qо‘llash jihatlari tо‘g‘risida tо‘xtalib о‘tdilar. Seminarda Ozarbayjon davlat madaniyat va san’at universiteti Xalqaro aloqalar bо‘yicha prorektor Gulshan Aliyeva Kengerli, Ilmiy ishlar bо‘yicha prorektor Sadagat Aliyevalar tabrik sо‘zlari bilan ishtirok etdilar. Ular о‘z tabrik sо‘zlarida ikki davlat aloqalari qadimiy bо‘lib, bir-birlarining orzulari mushtarak ekanligini ta’kidlab, kelgusida institutimiz о‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida ilmiy-amaliy hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirib о‘tdilar.