26-iyun kuni “Bir vatanda, bir vaqtda, bir xil masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz!” shiori ostida mamlakatimizning Samarqand, Jizzax, Guliston, Namangan, Farg‘ona, Chirchiq, Shahrisabz va Toshkent shaharlarida “Yoshlar kuni” va Xalqaro olimpiya kuniga bag‘ishlangan “Yangi nafas” yugurish musobaqalari о‘tkazilyapti.
Mazkur marafonda barcha iqtidorli, sportsevar yoshlar qatorida, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti jamoasi ham faol ishtirok etishmoqda. Yoshlarni ushbu sport bayrami munosabati bilan muborakbod etgan holda, barchaga omad tilab qolamiz.