Bizning faxrli talabalar!

Asliddinxо‘ja HOTAMOV

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Multfilm va kompyuter multiplikatsiyasi”  ta’lim yо‘nalishi 3-bosqich talabasi: 

– Men  joriy yilda Rossiya davlatida bо‘lib о‘tgan “Берег побед” xalqaro onlayn tanlovida hamda Moskva shahrida о‘tkazilgan “Таланты России” festivalida I darajali medal, diplom va bosh sovrin bо‘lgan kubok bilan taqdirlandim. 

Bundan tashqari yurtimizda,  institutimizda tashkil etilayotgan turli kо‘rik-tanlovlarda ham faol ishtirok etishga harakat qilyapman. Yaqinda institutimiz ilmiy kengashi tomonidan Kamoliddin Behzod nomli Davlat stipendiyasiga talabgor talabalarni  saralash bosqichi bо‘lib о‘tdi.  Ushbu saralash bosqichida   men ham ishtirok etib, respublika bosqichiga yо‘llanmani qо‘lga  kiritdim.

Avvalo men bu yutuqlarga erishayotganimdan juda ham xursandman.  Buning uchun bizni qо‘llab-quvvatlayotgan institutimiz rahbariyatiga hamda mana shunday kо‘rik-tanlovlarda g‘oliblikni  qо‘lga kiritishimga sababchi bо‘layotgan ustozlarimga о‘z minnatdorchiligimni bildiraman.  

Yangi о‘quv yilida ham har tomonlama faol bо‘lib, institutimiz nufuzini kо‘taruvchi, ustozlarimning faxriga sabab bо‘ladigan yutuqlarga erishishga bor kuchim bilan harakat qilaman!