Asliddinxо‘ja HOTAMOV
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Multfilm va kompyuter multiplikatsiyasi” ta’lim yо‘nalishi 3-bosqich talabasi:
– Men joriy yilda Rossiya davlatida bо‘lib о‘tgan “Берег побед” xalqaro onlayn tanlovida hamda Moskva shahrida о‘tkazilgan “Таланты России” festivalida I darajali medal, diplom va bosh sovrin bо‘lgan kubok bilan taqdirlandim.
Bundan tashqari yurtimizda, institutimizda tashkil etilayotgan turli kо‘rik-tanlovlarda ham faol ishtirok etishga harakat qilyapman. Yaqinda institutimiz ilmiy kengashi tomonidan Kamoliddin Behzod nomli Davlat stipendiyasiga talabgor talabalarni saralash bosqichi bо‘lib о‘tdi. Ushbu saralash bosqichida men ham ishtirok etib, respublika bosqichiga yо‘llanmani qо‘lga kiritdim.
Avvalo men bu yutuqlarga erishayotganimdan juda ham xursandman. Buning uchun bizni qо‘llab-quvvatlayotgan institutimiz rahbariyatiga hamda mana shunday kо‘rik-tanlovlarda g‘oliblikni qо‘lga kiritishimga sababchi bо‘layotgan ustozlarimga о‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
Yangi о‘quv yilida ham har tomonlama faol bо‘lib, institutimiz nufuzini kо‘taruvchi, ustozlarimning faxriga sabab bо‘ladigan yutuqlarga erishishga bor kuchim bilan harakat qilaman!